Galereya

Farg‘ona filiali tinglovchilari ishtirokida 7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan sport tadbirlari tashkil etildi.

Institutning Farg‘ona filiali aprel oyi tinglovchilari ishtirokida  Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga  tayyorlash markazida 7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan qator sport tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar doirasida filial professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirokida badantarbiya mashg‘ulotlari hamda sport musobaqalari tashkil etildi. Sport tadbirlarini asosiy maqsadi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ishtirokchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishdan iborat. Sport tadbirlarida barcha ishtirokchilar faol ishtirok etishdi.