Galereya
Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat uyushtirdi
Joriy yilning 28-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26-apreldagi 135-sonli qarorining 5z-ilova 11-bandida, 5e-ilova 8-bandida, 5v-ilova 13-bandida, “Moziyga sayohat” dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat uyushtirdi.
Bugungi kunda mazkur muzey fondida turli davrlarga mansub buyumlarning boy kolleksiyasi yig‘ilgan. Umumiy hisobda muzey eksponatlarining soni 90 mingdan ortiq.