Galereya

Fargʻona filiali tomonidan viloyat kutubxonasi bilan hamkorlikda “Kitobxonlik soati” tadbiri tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–9-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2026-yil 3-aprel kuni institutning Fargʻona filiali tomonidan viloyat kutubxonasi bilan hamkorlikda “Kitobxonlik soati” tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda filial professor-oʻqituvchilari, aprel oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda kutubxona mutaxassislari faol ishtirok etdilar. 
“Kitobxonlik soati” jarayonida kitobxonlar oʻzlari mutolaa qilgan asarlar yuzasidan fikr almashdilar, kitoblarning inson tafakkuri va maʼnaviy kamolotidagi oʻrni haqida mulohazalar bildirdilar. Shuningdek, Kutubxona mutaxassislari tomonidan “Esda saqlash” treningi oʻtkazilib gʻolib boʻlgan kitobxonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.