Galereya
Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali direktor o‘rinbosari, p.f.b.f.d. (PhD), dotsent O.Qambarov ishtirokida "Yoshlar kuni" munosabati bilan Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbirda shuningdek, markaz direktori I.Xaydarov, Farg‘ona filiali pedagogika fanlari doktori, professor A.Abdullayev, profilaktika inspektori, katta leytenant Sh.Soliyev ishtirok etdi.
Uchrashuvda markaz yoshlari va filial tinglovchilarining erishayotgan yutuqlari, ularning kelajakdagi rejalari va sohadagi mavjud muammolar bilan yaqindan tanishildi. Muloqot yakunida yoshlarning takliflari tinglanib, aniq vazifalar belgilab olindi.