Galereya
Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali direktori, dotsent A.Tishabayev ishtirokida "Yoshlar kuni" munosabati bilan Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda markaz yoshlari va filial tinglovchilari ishtirok etib, A.Tishabayev yoshlarining erishayotgan yutuqlari, ularning kelajakdagi rejalari va sohadagi mavjud muammolar bilan yaqindan tanishdi. Muloqot yakunida yoshlarning takliflari tinglanib, aniq vazifalar belgilab olindi.