Filialda xorijiy mamlakat yetakchi olimi ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi

Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan xorijiy mamlakatlarning yetakchi olimlari bilan tajriba almashish maqsadida turli tadbirlar, seminar-treninglar o‘tkazib kelinmoqda. Shunday seminar-treninglardan biri joriy yilning 19 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Farg‘ona filialida Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Pyotr Fransevich Lesgaft” nomidagi Jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish milliy davlat universiteti professori Maslennikov Aleksandr Valerevich ishtirokida o‘tkazildi.


Ushbu seminar-treningda filial rahbariyati, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etishdi. O‘tkazilgan seminar-trening savol-javob va jonli suhbat shaklida bo‘lib o‘tdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *